Biz haqimizda
Kompaniya faoliyati
2003 yil yanvar oyida tashkil topgan «Uz-Metertech Company» qo’shma korxonasi avtomobil butlovchi kismlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ayni vaqtda korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 1 400 000 donani tashkil etadi. Korxonanig asosiy maqsadi ishlab chiqarishni takomillashtirish, qisqa vaqt ichida sifatli maxsulot yetkazib berish hisobiga iste'molchilar buyurtmalarini bajarish va ularni qanoatlantirish, yangi turdagi maxsulotlar ishlab chiqarishni yo`lga qo’yish va barcha ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirish.
Korxona tarixi
-
2003
Yanvar YAJ “Uz-Metertech Company" tashkil etildi
Aprel Maishiy gaz hisoblagichlar ishlab chiqarish uskunalari o`natildi. -
2003-
2005168 ming donga yaqin maishiy gaz hisoblagichlari ishlab chiqarilib iste'molchilarga yetkazib berildi.
-
2006-
2007Andijon viloyatidagi qurilishi tugallanmagan ishlab chiqarish majmuasi sotib olindi va qayta rekonstruksiya qilindi.
-
2008
Jinhwa Glotech rusumli 480 va 1100 tonna hajmlardagi termoplast-avtomat ishlab chiqarish uskunalari o’rnatildi.
-
2009
Toshiba rusumli 130,280 va 350 tonna hajmlardagi termoplast-avtomat ishlab chiqarish uskunalari va «Uz-Daewoo Avto»ning Nexia (N-150) avtomobillarining interyer bo`yoqlanuvchi qismlari uchun buyurtmalarni bajarish uchun yangi bo’yoqlash konveyeri uskunalari o`rnatildi
Dekabr Jamiyat turi o`zgartirilib, “Uz-Metertech Company” qo’shma korxonasi YAJ “Uz-Metertech Company” qo’shma korxonasi ma'suliyati cheklangan jamiyatga o`zgartirildi. -
2010
Aprel Korxona ISO 9001:2008 xalqaro standartiga asosan sertifikatlashtirildi
Oktyabr Ishlab chiqarish uskunalari zamonaviylashtirilib, yangi bo’yoqlash konveyeri va Woojin Selex 208 rusumli 480 va 1100 tonna hajmlardagi termoplast-avtomat ishlab chiqarish uskunalari o`rnatildi. -
2011
Avgust Spark (M-300) avtomobilining interyer butlovchi qismlarini ishlab chiqarish yo`lga qo’yildi.
-
2012
Sentyabr Cobalt (GSVEM) avtomobilining interyer butlovchi qismlarini ishlab chiqarish yo`lga qo’yildi.
Dekabr Korxona ISO/TS 16949:2009 xalqaro standartiga asosan sertifikatlashtirildi. -
2014
Aprel Woojin Plaimm rusumli 130, 280 va 380 tonna hajmlardagi termoplast-avtomat ishlab chiqarish uskunalari o’rnatildi.
Ishlab chiqarish va uskunalar
Bosim ostida plastmassa quyish jarayoni
Ishlab chiqarish ya'ni bosim ostida quyish jarayoni eng zamonaviy standartlashtirilgan va avtomatlashtirilgan tizimlarni qo’llagan holda amalga oshiriladi. Dunyoni yetakchi kompaniyalarida ishlab chiqarilgan eng zamonaviy termoplast-avtomatlar yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish jarayonini osonlashtirmoqda.
Termoplastavtomatlar:
- TPA 130 tn. (Toshiba, Yaponiya);
- TPA 130 tn. (Woojin Plaimm, Janubiy Koreya);
- TPA 280 tn. (Woojin Selex, Janubiy Koreya);
- TPA 280 tn. (Woojin Plaimm, Janubiy Koreya);
- TPA 350 tn. (Toshiba, Yaponiya);
- TPA 380 tn. (Woojin Plaimm, Janubiy Koreya);
- TPA 480 tn. (Jinhwa Glotech, Janubiy Koreya);
- TPA 700 tn. (Woojin Selex, Janubiy Koreya);
- TPA 900 tn. (Woojin Selex, Janubiy Koreya);
- TPA1100 tn.(Jinhwa Glotech, Janubiy Koreya).
Bo`yoqlash jarayoni
Bo`yoqlash jarayoni chang, ifloslanish va ularning vujudga kelishi omillaridan holi bo’lgan holatda qurilgan zamonaviy bo’yoqlash konveyerida amalga oshiriladi. Konveyer kompleksi - 146 maxsus kasseta, havo yordamida chang va ifloslanishdan tozalash, shuningdek 2 komplekt robot uskunalari bilan jihozlangan bo`lib uzluksiz va sifatli bo’yoqlash jarayonini ta'minlaydi. Markazlashtirilgan boshqaruv blogi bo`yoqlash konveyeri va bo`yoqlash jarayoni boshqaruvini soddalashtirib, bir joyning o`zida bo’yoqlash jarayonini boshqarish bir operator tomonidan amalga oshirilishida qulaylik yaratmoqda.
Bo`yoqlash konveyeri
- Ishlab chiqaruvchi: Daedo Engineering Co.,LTD.,(Janubiy Koreya)
- Konveyer turi: TR348 Floor Conveyor(gorizontal)
- Konveyer tezligi: 2m/min
- Konveyer uzunligi: 200 m.
Korxona haqida umumiy ma'lumotlar
yanvar 2003 y.
O`zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Andijon tumani, Kuygan-Yor qishlog`i, Nayman ko’chasi, 78-uy.
32420 m².
6640 m².
Ishlab chiqarish obyekti №1: Andijon viloyati, Xarkop qishlog`i. - Umumiy maydoni 32420 m², shundan: - Ishlab chiqarish maydoni 6640 m². Ishlab chiqarish obyekti №2 : Andihon viloyati, Kuygan-Yor qishlog`I. Umumiy maydoni 13466 m², shundan: - Ishlab chiqarish maydoni 2274 m²
SIFAT MENEJMENTI TIZIMI
Korxona ichki laboratoriyasi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sifat sinovlardan o`tkazish uchun maxsus sinov uskunalari bilan jihozlangan.
MChJ “Uz-Metertech Co” qo’shma korxonasi ISO 9001:2009, ISO/TS 16949:2009 xalqaro standartlari bo’yicha sertifikatlashtirilgan. Sifat menejmenti tizimi asosida muntazam ravishda baholanishi korxonaning doimiy takomillashishiga xizmat qiladi.